“International Inclusive HUB”da my.gov.uz kuni!

“International Inclusive HUB”da my.gov.uz kuni!

12 iyun 2025

Bugun, 12-iyun kuni Raqamli hukumat markazi xodimlari “International Inclusive HUB” Xalqaro tayanch inklyuziv professional ta’lim markazida tahsil olayotgan yoshlar uchun maxsus trening o‘tkazdi. 

Unda my.gov.uz portalining inklyuziv imkoniyatlari, yoshlar uchun yaratilgan alohida imtiyozlar va mavjud xizmatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Trening davomida ishtirokchilar elektron davlat xizmatlaridan foydalanishning qulay usullari, raqamli inklyuzivlikning ahamiyati va my.gov.uz portalining har bir fuqaro uchun teng imkoniyatlar yaratishdagi roli bilan tanishdilar.

Bizning asosiy maqsadimiz – hech kimni e’tiborsiz qoldirmaslik, barcha uchun davlat xizmatlaridan foydalanishni maksimal darajada osonlashtirishdir.

"International Inclusive HUB"dan ajoyib imkoniyat!

Yozgi ta’til munosabati bilan, “International Inclusive HUB" 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar uchun maxsus dastur yo‘lga qo‘yilganini va ro‘yxatdan o‘tish boshlanganini e’lon qiladi! Bu dastur yoshlarga yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash, o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun noyob imkoniyatdir.

Ushbu dasturda ishtirok etish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: (71) 202 5858

my.gov.uz bilan raqamli kelajakni birga quring!

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр