Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikatini qo‘lga kiritish bo‘yicha harakatlarni boshlab yubordi.
Shu kunlarda xalqaro ISO 37001:2016 korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi menejeri – ichki auditori yo‘nalishida “CERT Academy Group” xalqaro trening kompaniyasi tomonidan o‘tkazilayotgan o‘quv kurslarida “Elektron hukumat” markazining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati mas’uli Shuhratilla Asadov boshchiligida 20 nafar xodim qatnashmoqda.
Ma’lumot o‘rnida: ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikati korrupsiya holatlarining oldini olish, aniqlash, zarur choralarni ko‘rish hamda korrupsiya xavfini kamaytirishga yo‘naltirilgan maqbul va aniq mezonli chora-tadbirlarni nazarda tutadi.