
Hukumatning yangi qarori (208-son, 28.04.2026-y.) bilan avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish uchun elektron murojaat qilish tartibi tasdiqlandi.
Endilikda ortiqcha ovoragarchiliksiz, masofadan turib ruxsatnoma olish imkoniyati yaratilmoqda.
Xizmatdan qanday foydalanish mumkin?
Murojaat qanday ko‘rib chiqiladi?
️Vakolatli organ (YHXX) so‘rovni qabul qilgach, quyidagilarni masofaviy tekshiradi: transportni ushlab turish asoslari bartaraf etilganligi (masalan, hujjatlar joyiga keltirilgani yoki nosozlik tuzatilgani); Jarima bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinganligi.
Natija qachon ma’lum bo‘ladi?
Barcha talablar bajarilgan bo‘lsa, 1 ish kuni ichida foydalanuvchiga avtomobilni jarima maydonchasidan olib chiqish mumkinligi haqida xabarnoma yuboriladi.
Muhim: Murojaat qiluvchi haqidagi ma’lumotlar tizim orqali avtomatik tarzda haqqoniylikka tekshiriladi.