Keksalarga ehtirom – qadriyat va ibrat namunasi!

Keksalarga ehtirom – qadriyat va ibrat namunasi!

02 dekabr 2025

Yurtimizda keksalarga hurmat ko‘rsatish – azaliy qadriyatdir. Ayniqsa, mo‘tabar otaxonu onaxonlarimizga g‘amxo‘rlik qilish yosh avlod uchun ibrat namunasidir.

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi “Keksalarga hurmat – yoshlarga ibrat” bosh g‘oyasi ostida o'tkazilayotgan “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida xayrli ishlarini davom ettirdi.

Xususan, Toshkent shahrining Armug'on mahallasidagi keksa avlod vakillari – onaxonlar uchun poytaxtning diqqatga sazovor joylariga esda qolarli sayohat uyushtirildi. Onaxonlar kun davomida turli tarixiy va madaniy maskanlarda bo'lib, maroqli hordiq chiqardilar. 

Markaz bu kabi tashabbuslari orqali jamiyatda g‘amxo‘rlik madaniyatini mustahkamlash hamda yoshlarda keksalarga nisbatan hurmat va ehtirom tuyg'ularini kuchaytirishni maqsad qilgan.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр