O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi banneri
#KIBERHUSHYOR | "U mening ma’lumotlarimni biladi-ku!”

#KIBERHUSHYOR | "U mening ma’lumotlarimni biladi-ku!”

20 oktyabr 2026

Firibgarlar ko‘pincha sizning ismingiz, telefon raqamingiz yoki boshqa shaxsiy ma’lumotlaringizni oldindan bilib olib, o‘zlarini haqiqiy tashkilot xodimi sifatida tanishtirishadi. Lekin bu ma’lumotlari ularning haqiqiy xodim ekanini isbotlamaydi.

Shaxsiy ma’lumotlarning ayrim qismlari ochiq manbalar, ijtimoiy tarmoqlar yoki turli bazalar orqali tarqalib ketgan bo‘lishi odatiy holga aylangan.

Shu bois quyidagilarni unutmang:

  • «Ismimni va raqamimni bilyapti, demak ishonchli» degan xulosaga shoshilmang.
  • Suhbatdoshning kimligini u keltirgan ma’lumotlar asosida emas, balki rasmiy kanalga qo‘ng‘iroq qilish orqali aniqlang.
Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр