Loyiha tashkilotchilari Sardoba tumani va Guliston shahrida bo‘lishdi

Loyiha tashkilotchilari Sardoba tumani va Guliston shahrida bo‘lishdi

“Siz tomon yo‘l oldik” – loyihasining Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomli kechdi.

19-aprel kuni Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi mutaxassislari tomonidan viloyatning Sardoba tumanidagi musiqa maktabida hudud aholisi hamda Guliston shahrida Soliq boshqarmasi xodimlari uchun elektron davlat xizmatlari va my.gov.uz imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi.

O‘quv mashg‘ulotlar qiziqarli va savol-javoblarga boy o‘tdi. Elektron davlat xizmatlariga katta qiziqish bildirgan ishtirokchilarga Yagona identifikatsiya tizimidan ro‘yxatdan o‘tish (OneID), elektron raqamli imzo olish, ularni my.gov.uz xizmatlaridan foydalanishda qo‘llash kabi jarayonlar batafsil tushuntirildi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр