“Mahalla yettiligi” a’zolari uchun seminar o‘tkazildi

“Mahalla yettiligi” a’zolari uchun seminar o‘tkazildi

08 iyul 2026

Samarqand tumanida "Mahalla yettiligi" a’zolari uchun o‘quv seminar-trening tashkil etildi.

Seminar davomida mahalla boshqaruvi samaradorligini oshirish, davlat organlari va mahalla o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Ishtirokchilar uchun my.gov.uz portalidan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy seminar-trening o‘tkazilib, fuqarolarga raqamli xizmatlardan foydalanishda amaliy yordam ko‘rsatish, ariza va murojaatlar yuborish, ma’lumotnomalarni onlayn olish tartiblari batafsil tushuntirildi.

Trening davomida portal imkoniyatlari amaliy misollar orqali namoyish etilib, mahalla xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda aholiga zamonaviy, tezkor va sifatli davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Mazkur seminar-trening mahalla tizimida faoliyat yuritayotgan mas’ullarning kasbiy salohiyatini oshirish, davlat xizmatlarining ochiqligi va qulayligini ta’minlash hamda fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
 

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр