O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi banneri
Maktab o‘quvchilari uchun seminar-trening tashkil etildi

Maktab o‘quvchilari uchun seminar-trening tashkil etildi

14 sentyabr 2026

Toshkent viloyati Angren shahridagi 13- va 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilar uchun my.gov.uz portalidan foydalanish bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazildi.

 Tadbirda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ko‘rsatilayotgan ommabop elektron xizmatlar, ulardan mustaqil foydalanish tartibi va yaratilgan qulayliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, “MyGov” mobil ilovasining imkoniyatlari hamda davlat xizmatlaridan telefon orqali tezkor foydalanish usullari tushuntirildi.

O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob olishdi.

Bunday amaliy mashg‘ulotlar yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish va elektron davlat xizmatlaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
 

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр