O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi banneri
Markaz jamoasi “Cyberkent” musobaqasi g‘olibi bo’ldi

Markaz jamoasi “Cyberkent” musobaqasi g‘olibi bo’ldi

06 oktyabr 2026

Poytaxtimizda kiberxavfsizlik sammiti doirasida an’anaviy “Cyberkent” musobaqasining 4-mavsumi tashkil etildi.

Ba’zan bitta zaif parol, kichik xato yoki tizimdagi himoyalanmagan nuqta butun bir tashkilot uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.

Ana shunday tahdidlarni aniqlash, oldini olish va ularga qarshi kurashish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar sinovdan o‘tkazilgan Cyberkent 4.0 musobaqasida Raqamli hukumat markazining Data Defender jamoasi “Blue Team” yo‘nalishida 1-o‘rinni egalladi.

Musobaqada “Blue Team” ishtirokchilari tizimlarni turli kiberhujumlardan himoya qilish, zaifliklarni aniqlash va yuzaga kelgan tahdidlarga tezkor javob qaytarish bo‘yicha bellashdilar.

  • 1-o‘rin — Data Defender — Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi
  • 2-o‘rin — NTEC — Belarus Respublikasi
  • 3-o‘rin — BLUEFORCE — Ozarbayjon

Xalqaro ishtirokchilar qatnashgan ushbu bellashuv Markaz mutaxassislarining kiberxavfsizlik yo‘nalishidagi salohiyatini yana bir bor namoyon etdi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр