Markaz Koreyaning nufuzli Kukmin universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Markaz Koreyaning nufuzli Kukmin universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

26 noyabr 2025

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi Koreyaning Kukmin Universiteti Globalizatsiya ofisi bilan o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.

Ushbu kelishuv O‘zbekistonda elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda strategik ahamiyatga ega.  

Bunda ikki tomonlama tajriba almashish, qo‘shma master-klasslar tashkil etish va maxsus ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, zamonaviy mexanizmlarni yaratish, shuningdek, sun’iy intellekt va davlat tizimlarining o‘zaro uyg‘unligini ta’minlovchi pilot loyihalarni amalga oshirish kabi ustuvor vazifalar ko’zda tutilgan.

Memorandum doirasida Koreya ekspertlarini jalb qilgan holda loyihalar auditi va xalqaro benchmarking tashabbuslarida ishtirok etish ham rejalashtirilgan.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр