O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi banneri
Markaz xodimlarining Islom sivilizatsiyasi markaziga navbatdagi tashrifi tashkil etildi

Markaz xodimlarining Islom sivilizatsiyasi markaziga navbatdagi tashrifi tashkil etildi

11 avgust 2026

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish, boy tarixiy va madaniy merosimiz bilan yaqindan tanishtirish hamda jamoada sog‘lom korporativ muhitni shakllantirishga qaratilgan tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

Shu munosabat bilan, Markaz xodimlari uchun poytaxtimizdagi Islom sivilizatsiyasi markazi bo'ylab navbatdagi ma’rifiy sayohat tashkil etildi.

Tashrif davomida ishtirokchilar Uchinchi Renessans poydevorining yorqin timsoli bo‘lmish ushbu muazzam maskanda saqlanayotgan nodir eksponatlar, buyuk ajdodlarimizning dunyo ilm-fani rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi va ilmiy merosi bilan atroflicha tanishdilar. Shuningdek, ekspozitsiyalarni namoyish etishda qo‘llanilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, interaktiv va golografik yechimlar mutaxassislarda alohida qiziqish uyg‘otdi.

Raqamlashtirish sohasida faoliyat yuritayotgan Markaz mutaxassislari uchun bu tashrif boy ma’naviy ozuqa manbai bo‘lish barobarida, yosh avlod vakillarida milliy g‘urur va ilm-fanga bo‘lgan intilishni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

Markaz rahbariyati tomonidan xodimlarning ishdan tashqari vaqtini mazmunli va ma’rifiy ruhda tashkil etishga qaratilgan bu kabi tadbirlar tizimli ravishda o‘tkazib boriladi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр