26 iyun - Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
Markaz xodimlarining kibergigiyena va ichki nazorat bo’yicha bilimlari oshirildi

Markaz xodimlarining kibergigiyena va ichki nazorat bo’yicha bilimlari oshirildi

03 iyul 2026

Raqamli dunyoda xavfsizlik va shaffoflikni ta’minlash — bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri. Shu munosabat bilan, Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida xodimlarning ushbu yo‘nalishlardagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda ikki muhim yo‘nalish bo‘yicha soha ekspertlarining ma’ruzalari tinglandi:

Axborot xavfsizligi va texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutaxassis Dosmatov Niyazmat xodimlarni aholining huquqiy va axborot xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi rasmiy Telegram platforma - xavfsiz.bot imkoniyatlari bilan tanishtirib, raqamli muhitda xavfsiz ishlash, shaxsiy va xizmat ma’lumotlarini kiberhujumlardan himoya qilish hamda kundalik kibergigiyena qoidalariga rioya etishning muhim jihatlarini amaliy misollar bilan tushuntirib berdi.

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha mutaxassis Asadov Shuxratilla esa tizimda shaffoflikni ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarga qarshi murosasiz muhitni shakllantirish bo‘yicha huquqiy va tashkiliy choralarga to‘xtalib o‘tdi.

Bu kabi treninglar Markaz faoliyatining xavfsiz, ishonchli va ochiq tarzda yuritilishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр