Bugun, 31-avgust kuni Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Tadbir avvalida Markaz direktori Aziz Muxitdinov xodimlarni eng ulug‘ va eng aziz bayramimiz bilan chin dildan muborakbod etar ekan, mustaqilligimizning O‘zbekiston va xalqimiz uchun qadru qimmati, ahamiyatini hech bir narsa bilan o‘lchab bo‘lmasligini, mamlakatimiz raqamlashtirish jarayonlari tufayli yildan yilga ravnaq topib, yurtdoshlarimiz hayoti qulaylashib borayotganida Markaz jamoasining ham o‘ziga yarasha hissasi borligini ta’kidladi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan Markaz rahbariyati tomonidan Elektron hukumatni rivojlantirishda xizmat vazifasini a’lo darajada bajargan, my.gov.uz da yangi xizmatlar joriy etilishida tashabbuskor bo‘lgan, shuningdek, jamoat ishlari va targ‘ibot masalalarida faollik ko‘rsatgan bir guruh xodimlar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Eng ulug‘ va eng aziz bayram arafasida bildirilgan bunday e’tirof va ishonch tajribali, yosh hamda salohiyatli mutaxassislardan iborat ahil jamoaga katta kuch bag‘ishlashi, rag‘bat bo‘lishi shubhasiz.