
Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi jamoasi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va xodimlarning intellektual salohiyatini yanada yuksaltirish maqsadida sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda markaz xodimlari o‘zlarining strategik fikrlash qobiliyatlarini namoyish etishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, quyidagi xodimlarimiz g‘oliblik shohsupasidan joy oldilar:
Shaxmat bo‘yicha g‘oliblar:
1-o‘rin: Mirboboyev Mirkomol Raximberdiyevich
2-o‘rin: Abdumalikov Baxodirbek Ortiqboy o‘g‘li
3-o‘rin: G‘apparov Sunnatilla Murodilla o‘g‘li
Shashka bo‘yicha g‘oliblar:
1-o‘rin: Sattarov Nazarbek Odiljonovich
2-o‘rin: Kattabekov Bunyod Yusuf o‘g‘li
3-o‘rin: Qosimov Ramazon Qodir o‘g‘li
Sport – nafaqat salomatlik garovi, balki jamoada ahillik va sog‘lom raqobat muhitini shakllantiruvchi muhim omildir. Bugungi g‘oliblarimiz ham ishda, ham sportda yetakchi ekanliklarini isbotlashdi.
Markaz jamoasi va kasaba uyushmasi nomidan barcha g‘olib va sovrindorlarni samimiy muborakbod etamiz! Zafarlaringiz bardavom bo‘lsin!