Markazda shaxmat va shashka musobaqasi boʻlib oʻtdi

Markazda shaxmat va shashka musobaqasi boʻlib oʻtdi

28 fevral 2025

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida xodimlar oʻrtasida shaxmat va shashka musobaqasi tashkil etildi.

Sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida oʻtkazilgan ushbu musobaqada markaz xodimlari faol ishtirok etishdi.

Musobaqa qizg‘in bahslarga boy bo‘ldi, xodimlar nafaqat ishdagi, balki "aql gimnastikasi"dagi mahoratlarini ham namoyish etdilar.

Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

️Bunday musobaqalar xodimlarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini oshirish, strategik tafakkurini rivojlantirish va jamoaviy ruhni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр