«Mening uyim» elektron billing tizimi test rejimida ishga tushirildi

«Mening uyim» elektron billing tizimi test rejimida ishga tushirildi

18 fevral 2022

Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatini yanada rivojlantirish, aholiga zamonaviy va qulay kommunal xizmatlarni amalga oshirish maqsadida “Mening uyim” elektron billing tizimi joriy etilib, test rejimida ishga tushirildi.

Bugungi kunga kelib respublika miqyosida boshqaruv servis kompaniyalari (BSK)ning 285 tasi va uy-joy mulkdorlari shirkatlari (UJMSh)ning 3 502 tasi billing tizimiga ulangan.

Shu bilan birga, 183 ta boshqaruv tashkiloti hamda 1 375 ta UJMShlar “Munis” tizimiga ulangan.

Bundan tashqari, uy-joy mulkdorlari tomonidan majburiy badallarni elektron to‘lov tizimlari orqali onlayn qabul kilinishi tashkil etish maqsadida, 2 031 ta boshqaruv organi (BSK, UJMSh) tomonidan tijorat banklarning elektron to‘lov tizimlari (clic, paynet, upay, payme, apelsin) orqali majburiy badal to‘lovlarni amalga oshirish uchun shartnomalar imzolandi.

Endilikda ko‘p kvartirali uy-joylar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi “Mening uyim” elektron billing tizimiga kiritib borilmoqda va hozirda jami abonentlar soni 1, 3 mln tani tashkil qiladi.

Shuningdek, aholiga qulaylik yaratish maqsadida “Mening uyim” mobil ilovasi joriy etilgan.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр