Migratsiya va personallashtirish sohasi raqamlashtiriladi
20 yanvar 2026
Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-fevraldan jismoniy shaxslarga identifikasiyalovchi ID kartalar 1-marotaba rasmiylashtirilganda uning chipiga kiritiladigan elektron raqamli imzo sertifikati bepul beriladi.
Departament jismoniy shaxslarning quyidagi markaziy ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va doimiy yangilab borish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi:
chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
identifikasiyalovchi ID karta seriyasi, raqami, berilgan joyi hamda berilgan sanasi va tugash sanasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
O‘zbekiston fuqaroligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
O‘zbekiston fuqarolari, O‘zbekistonda doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
O‘zbekistonga taklif qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar haqidagi, shuningdek, ularning viza muddati uzaytirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
2026-yil 1-sentyabrdan quyidagi davlat xizmatlarini YIDXP (my.gov.uz) va davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi:
xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila a’zolarini O‘zbekistonga taklif qilish;
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning biometrik harakatlanish hujjatlarini rasmiylashtirish uchun ariza yuborish.