My.gov.uz da hech qanday tashrif va hujjat talab qilmaydigan xizmatlar soni oshdi

My.gov.uz da hech qanday tashrif va hujjat talab qilmaydigan xizmatlar soni oshdi

30 dekabr 2022

2022-yil davomida my.gov.uz da 68 ta yangi elektron davlat xizmatlari yo‘lga qo‘yildi.

Bunda aholining hayotiy vaziyatlarda eng ko‘p duch kelgan muammolari o‘rganildi. Ularning talab va takliflari inobatga olindi. Dunyo tajribasiga tayanildi...

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

2022-yil natijalari

  • Xizmatlar soni 368 taga yetkazildi.
  • 158 ta xizmat mobil ilovadan o‘rin oldi.
  • Fuqarolardan 70 dan ortiq hujjat va ma’lumotlar talabi bekor qilindi.
  • 38 turdagi xizmatda Elektron raqamli imzo so‘ralmaydigan bo‘ldi.
  • “Anor mobile” mobil ilovasida 7 turdagi, “QUANT” mobil ilovasida 5 turdagi elektron davlat xizmati yo‘lga qo‘yildi.
  • 12 mln.dan ziyod onlayn foydalanishlar ortidan fuqarolarning 36 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘i tejaldi.

2022-yil yangi ishga tushgan ommabop xizmatlar va ulardan foydalanish ko‘rsatkichi:

  • Chet tilini bilish darajasi – 105 mingdan ziyod;
  • Avtotransport boshqaruviga ishonchnoma – 58 mingdan ziyod;
  • Maktab shahodatnomasi dublikati – 24 mingdan ziyod;
  • Yer uchastkalarini xususiylashtirish – 24 mingdan ziyod;
  • “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” ga kirish – 16 mingdan ziyod arizalar;

2022-yilda eng ommalashgan xizmatlar va ulardan foydalanish ko‘rsatkichi:

  • Bolani “bog‘cha”ga joylashtirish – 333 mingdan ziyod;
  • Kadastr pasportini shakllantirish – 135 mingdan ziyod;
  • Ma’lumotlarni Tashqi savdo operatsiyalari axborot tizimiga kiritish – 128 mingdan ziyod (yuridik shaxslar uchun);
  • Avtotransport oynalari tusini o‘zgartirish – 110 mingdan ziyod;
  • Avtotransportda yo‘lovchilarni va yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashishga litsenziya – 81 mingdan ziyod (yuridik shaxslar uchun).

Joriy yil Yagona portalda hech qanday tashrif va hujjat talab qilmaydigan ijtimoiy ahamiyatga ega elektron xizmatlar soni ko‘paydi.

Oila va bolalar

  1. Bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish uchun ariza berish
  2. Oila ma’lumotlarini tahrirlash uchun ariza yuborish
  3. Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish navbatini tekshirish

Ijtimoiy himoya

  1. Nafaqa tayinlash uchun ariza berish ();
  2. Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga ariza berish;
  3. Kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oila to‘g‘risida ma’lumotnoma.

Yoshlar va ta’lim

  1. Xalqaro IT-sertifikatlarini olish hamda o‘qish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismini qoplab berish;
  2. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan yoshlarga kompyuter xarid qilish bo‘yicha iste’mol krediti foizlarini qoplab berish );
  3. Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berishga ariza yuborish.

My.gov.uz dan foydalanishda davom eting!

Endi u yanada oson, tez va qulay!

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр