O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi banneri
my.gov.uz portali imkoniyatlari: Guliston tumanida amaliy seminar o‘tkazildi

my.gov.uz portali imkoniyatlari: Guliston tumanida amaliy seminar o‘tkazildi

26 avgust 2026

Joriy yilning 26-avgust kuni Sirdaryo viloyati Guliston tumanidagi 1-umumta’lim maktabida tumanning ta’lim va tibbiyot sohasi xodimlari uchun seminar tashkil etildi.

Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad – ishtirokchilarga my.gov.uz portalidan samarali foydalanish, uning imkoniyatlari va ommabop xizmatlar haqida batafsil tushuncha berishdan iborat edi.

Tadbir davomida qatnashuvchilarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilayotgan raqamli xizmatlar hamda ulardan foydalanishning afzalliklari to‘g‘risida ma’lumot berilib, amaliy ko‘nikmalar mustahkamlandi.

Shu bilan birga, davlat xizmatchilarining elektron davlat xizmatlaridan foydalanish ko‘nikmalarini yanada oshirish yuzasidan tegishli amaliy tavsiyalar berildi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр