Bugun suv bilan bog‘liq jarayonlarni raqamlashtirish va avtomatlashtirish dolzarb masalalardan biridir. Boisi dunyo aholisi soni keskin ortishi hisobiga suv zahiralari kamayib, suv o‘ta taqchil mintaqalar ko‘payib bormoqda.
Hatto ichimlik suvi yetishmovchiligi tufayli dunyoda har 8 soniyada 1 nafar bolajon halok bo‘lmoqda.
Sohalarni raqamlashtirish esa xarajatlarni tejab, ish samaradorligini oshirishga, ochiqlik va shaffoflikning ta’minlanishiga yordam beradi.
Odamlarning kunlik ehtiyoji sanalgan gaz, elektr, suv bilan bog‘liq muammolarga ham aynan raqamlashtirish orqali yechim topish mumkin.
“Qulay hayot” loyihasi orqali davlat tashkilotlarining raqamlashganlik holati, erishilgan yutuqlar hamda mavjud muammo va kamchiliklar bilan tanishishda davom etamiz.
Navbatdagi suhbatdoshimiz "O‘zsuvta’minot" AJ departament direktori Zuhriddin Zayniddinov bo‘ldi.