Notarial harakatlar endi videokonferensaloqa orqali amalga oshiriladi

Notarial harakatlar endi videokonferensaloqa orqali amalga oshiriladi

09 yanvar 2026

“Notarial harakatlarni videokonferensaloqa rejimi orqali amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (№3742, 05.01.2026-y.)

Yangi tartibga ko‘ra, jismoniy yoki yuridik shaxsning vakili notarial idoraga kelmagan holda, notarial harakatlar masofadan turib amalga oshirilishi mumkin.

Notarial harakatlar:

  • E-notarius.uz portali
  • “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali videokonferensaloqa rejimida tasdiqlanadi.

Murojaat qiluvchi:

  • onlayn xizmat shartlari bilan tanishadi va roziligini tasdiqlaydi;
  • amalga oshirilayotgan notarial harakat turini aniq ko‘rsatib, zarur ma’lumotlarni to‘ldiradi.

Notarius murojaatni 1 ish kuni ichida ko‘rib chiqib, kamchiliklar mavjud yoki yo‘qligi haqida xabar beradi.

Videomuloqot vaqtida:

  • taraflar yonida boshqa shaxslar bo‘lmasligi;
  • joy shovqinsiz va yorug‘ bo‘lishi;
  • videotasvir tiniq ko‘rinishi shart.

Hujjat imzolashga tayyor bo‘lgach, notarius taraflarga ularning huquq va majburiyatlari, shuningdek notarial harakatning mazmuni va oqibatlarini tushuntiradi.
 

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр