O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi banneri
Nukuslik yurtdoshimiz noutbuk egasiga aylandi!

Nukuslik yurtdoshimiz noutbuk egasiga aylandi!

20 oktyabr 2026

“ICT Week Uzbekistan 2026” haftaligi doirasida tashkil etilgan maxsus so‘rovnomaning omadli g‘olibi aniqlandi va unga bosh sovrin topshirildi.

Shaffof saralash jarayoniga ko‘ra, ko‘plab ishtirokchilar orasidan omad Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida istiqomat qiluvchi Adiyma Bazarbaevaga kulib boqdi. U so‘rovnomaning bosh sovrini — zamonaviy noutbukni qo‘lga kiritdi.

Qimmatbaho sovg‘a g‘olibning o‘ziga Markazning hududiy vakili tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Bu kabi loyihalar nafaqat ishtirokchilarning faolligini rag‘batlantiradi, balki ularning raqamli texnologiyalar olamiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi.

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi haftalik doirasidagi barcha tadbirlarda faol qatnashgan yurtdoshlarimizga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр