

Bugungi kunda ob-havo ma’lumotlarini tezkor yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilishda zamonaviy raqamli texnologiyalarning o‘rni tobora ortib bormoqda.
“Qulay hayot” loyihasining navbatdagi sonida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi xodimlari bilan sohada amalga oshirilayotgan raqamlashtirish jarayonlari haqida suhbatlashdik.
Ob-havo holatini kuzatish va tahlil qilishda zamonaviy texnologiyalar qanday qo‘llanilmoqda?
Meteorologik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va prognozlarni shakllantirish jarayonlari qay darajada avtomatlashtirilgan? Raqamli tizimlar ob-havodagi o‘zgarishlarni tezkor aniqlash va prognozlar tayyorlashda qanchalik yordam bermoqda?
Shuningdek, xavfli gidrometeorologik hodisalarni oldindan aniqlash, aholiga tezkor ma’lumot yetkazish hamda mutaxassislar faoliyatini samarali tashkil etishda qanday raqamli yechimlar mavjud?
“Qulay hayot” loyihasining navbatdagi sonida soha mutaxassislari ob-havo monitoringi, ma’lumotlarni tahlil qilish va prognozlash jarayonlaridagi raqamlashtirish ishlari hamda bu yangiliklarning kundalik hayotimizdagi ahamiyati haqida batafsil so‘zlab berishdi.
👉 Batafsil videoda: https://www.youtube.com/watch?v=M40VbwxlFas