26 iyun - Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
Oltinsoy tumanida o‘quv-seminari tashkil etildi

Oltinsoy tumanida o‘quv-seminari tashkil etildi

02 iyul 2026

Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida tuman hokimining raqamlashtirish bo‘yicha maslahatchisi M. Tursoatov hamda “UNICONSOFT” MCHJ tuman bo‘limi mutaxassislari ishtirokida tibbiyot bo‘limida raqamlashtirish jarayonlari holati o‘rganildi.

Ekspertlar tomonidan mavjud axborot tizimlarining joriy etilish darajasi va samaradorligi atroflicha tahlil qilindi. Ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
 
Shuningdek, “Raqamli hukumat” loyihalarini hayotga tatbiq etishni jadallashtirish maqsadida, soha xodimlari uchun my.gov.uz, edo.ijro.uz hamda DMED platformalaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy o‘quv-seminari tashkil etildi. Tizimning to‘liq raqamlashtirilishi kelgusida ish unumdorligi, tezkorlik va shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр