O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi banneri
Oltinsoy va Bandixon tumanlarida my.gov.uz portalining afzalliklari haqida ma’lumot berildi

Oltinsoy va Bandixon tumanlarida my.gov.uz portalining afzalliklari haqida ma’lumot berildi

28 iyul 2026

Aholining raqamli savodxonligini yuksaltirish maqsadida Surxondaryo viloyatidagi tumanlarda amaliy seminarlar tashkil etildi.

Joriy yilning 27-iyul kuni Oltinsoy tumani hokimining raqamli va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi M.Tursoatov tomonidan tuman hokimligi markaziy apparat xodimlari uchun maxsus tadbir o‘tkazildi. Unda xodimlarning kundalik faoliyatida raqamli vositalardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Bugun, 28-iyul kuni Bandixon tumani hokimining raqamli va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi E.Choshev tomonidan tumandagi 9-sonli madaniyat markazida madaniyat xodimlari va keng aholi vakillari ishtirokida targ‘ibot seminari tashkil etildi.

Tadbirlarda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) va uning mobil ilovasidan foydalanish tartiblari batafsil tushuntirildi.

Portal orqali ko‘rsatiladigan elektron xizmatlarning qulayliklari, yangi imkoniyatlari hamda vaqt va mablag‘ni tejashdagi afzalliklari amaliy misollar orqali ko‘rsatib berildi.

Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр