O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi banneri
O‘monda yangi elektron xizmat ishga tushdi: Tibbiy jihozlarni keltirish 120 kundan 24 soatgacha qisqardi

O‘monda yangi elektron xizmat ishga tushdi: Tibbiy jihozlarni keltirish 120 kundan 24 soatgacha qisqardi

16 oktyabr 2026

O‘mon Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Loyihalar va tenderlar boshqarmasi hamkorlikda «Amanah» raqamli platformasida yangi elektron xizmatni ishga tushirdi.

Buning natijasida sultonlik shifoxonalari uchun kardiojarrohlik vositalari va tibbiy jihozlarni sotib olish muddati rekord darajada — 24–48 soatgacha qisqardi.

Xabarga ko‘ra, ilgari mamlakat shifokorlari va yurak markazlari, an’anaviy byurokratik jarayonlar va uzoq davom etadigan tenderlar sababli, zarur tibbiy uskunalarni olish uchun 45 kundan 120 kungacha kutishga majbur edi. Yangi raqamli tizim har bir so‘rov uchun qaytadan tender e’lon qilmasdan, avvaldan kelishilgan narx va shartlarda mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish imkonini yaratdi.

Loyihaning birinchi bosqichida Sultonlik shifoxonasi huzuridagi Milliy yurak markazi 23 ta mahalliy hamkor kompaniya orqali yurak jarrohligi uchun eng zarur bo‘lgan 229 turdagi maxsus tibbiy mahsulotni uzluksiz olishni boshladi.

Milliy yurak markazi rasmiylarining ta’kidlashicha, mazkur texnologiya shifoxonalarni zarur vositalar bilan o‘z vaqtida ta’minlash orqali og‘ir ahvoldagi bemorlarni davolash va jarrohlik amaliyotlari sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi. Shuningdek, quyi bo‘g‘inlardagi xarid tizimini to‘liq raqamlashtirish hisobiga budjet mablag‘larini tejash va korrupsiya xavfini bartaraf etish ko‘zda tutilgan.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр