
Raqamli xizmatlardan foydalanishda xavfsizlik madaniyati juda muhim. Ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha choralar ko‘rildi hamda shaxsiy ma’lumotlaringizni sizning roziligingiz asosida boshqa tizimlarga taqdim etish yoki cheklash imkoniyati yo‘lga qo‘yildi.
Agar siz shaxsiy ma’lumotlaringizni boshqa tizimlar va tashkilotlarga (bank, moliya, sug‘urta, telekommunikatsiya va boshqalar) berishni xohlasangiz, OneID tizimi orqali ularni taqdim etish yoki cheklash imkoniyatidan foydalanishingiz mumkin:
Maslahat: Agar OneID tizimga QR-kod orqali kirish usulini tanlasangiz, "Shaxsga doir ma'lumotlarni boshqarish" bo‘limi avtomatik faollashadi:
Hurmatli foydalanuvchilar!
Ma’lumotlarga kirishni cheklash — bu ortiqcha ovoragarchilik emas, balki kiberjinoyatchilikdan himoyalanishning eng samarali usulidir. O‘z xavfsizligingizga mas’uliyat bilan yondashing.
Sizning ma’lumotlaringiz — o‘z nazoratingizda!