

Seul shahrida bo‘lib o‘tayotgan Global AI & Digital Summit xalqaro sammiti doirasida Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi va IT Park Uzbekistan vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Jahon banki guruhining raqamli transformatsiya bo‘yicha mintaqaviy direktori Mishel Kerf (Michel Kerf) boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda mamlakatimizda raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, ijtimoiy sohada hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Muzokaralarda ma’lumotlar sifatini yaxshilash, raqamli inklyuzivlikni ta’minlash va kiberxavfsizlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, sun’iy intellektning ilg‘or yechimlari, jumladan, Agentic AI texnologiyalarini joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi. Mazkur ilg‘or texnologiyalar davlat xizmatlarini yanada intellektual va proaktiv shaklda ko‘rsatish hamda boshqaruv samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
Ushbu muloqot xalqaro tajriba almashish, yangi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishda muhim qadam bo‘ldi. Mazkur hamkorlik O‘zbekiston fuqarolari uchun davlat xizmatlari sifatini oshirish va ulardan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.