

Global AI & Digital Summit xalqaro sammiti doirasida Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi va IT Park Uzbekistan vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Koreya Respublikasining National Information Society Agency (NIA) agentligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda agentlikning AKT sohasida global hamkorlik departamenti vitse-prezidenti janob Ko Yoonseok (Mr. Ko Yoonseok) ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston raqamli hukumatini yanada rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Xususan, ma’lumotlarni tahlil qilish (Data Analysis), Data Lake infratuzilmasini rivojlantirish, ochiq ma’lumotlar tizimini takomillashtirish, qo‘shma tahliliy ishlarni tashkil etish, shuningdek, davlat raqamli portallarining funksional imkoniyatlari va sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ilg‘or raqamli yechimlarni joriy etish, ma’lumotlardan foydalanish samaradorligini oshirish hamda O‘zbekistonda raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish maqsadida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va tajriba almashishga qiziqish bildirdilar.