O‘zbekiston elektron hukumati natija va yutuqlaridan so‘zlovchi "Oq kitob" tadqiqoti nashrdan chiqdi

O‘zbekiston elektron hukumati natija va yutuqlaridan so‘zlovchi "Oq kitob" tadqiqoti nashrdan chiqdi

14 iyul 2023

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi hamda Roland Berger konsalting kompaniyasi mashhur Huawei Technologies ko‘magida "Oq kitob" (White Paper) tadqiqotini nashrdan chiqardi.

Mazkur tadqiqot mamlakatimizda elektron hukumat va AKT infratuzilmasini rivojlantirish sohasidagi so‘nggi natijalar hamda yutuqlar borasidagi tafsilotlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, unda O‘zbekistonning BMT elektron hukumati reytingidagi o‘rni tahliliga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Xalqaro doiradagi “Digital Leadership Forum 2023”da Huawei Technologies kompaniyasining texnik direktori Pol Maykl Skanlan (Paul Michael Scanlan) "Oq kitob" tadqiqotini taqdim etdi.

"Oq kitob" tadqiqotining elektron shaklini bu yerdan yuklab olishingiz mumkin. 

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр