O‘zbekistonda BMTning Mahalliy onlayn xizmatlar indeksi (LOSI)  metodologiyasini qo‘llashga doir navbatdagi tadqiqot natijalari muhokama qilindi

O‘zbekistonda BMTning Mahalliy onlayn xizmatlar indeksi (LOSI) metodologiyasini qo‘llashga doir navbatdagi tadqiqot natijalari muhokama qilindi

09 fevral 2024

Kuni kecha, 7-fevral kuni BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti (UN DESA) va Elektron boshqaruv bo‘yicha BMT universiteti (UNU-EGOV) rahbariyatiga O‘zbekistonda BMTning LOSI metodologiyasini qo‘llash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari taqdim etildi.

Zoom tarzida tashkil qilingan tadbirda UN DESA Raqamli hukumat bo‘limi rahbari – Vinchentso Akuaro, UN DESA Davlat institutlari va raqamli hukumat boshqarmasi direktori – Juvan Chju, Elektron boshqaruv bo‘yicha BMT universiteti (UNU-EGOV) rahbari – Delfina Soares, shuningdek, O’zbekiston tomondan Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi hamda raqamlashtirishni rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan 14 ta shahar hokimliklari vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida shahar portallarini rivojlantirishning bugungi holati va istiqbollari hamda “raqamli hukumat”ni qurishga har tomonlama mas’ullik masalalari muhokama qilindi.

Xorijlik ekspertlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini yuqori baholab, bu istakning hukumat darajasiga ko’tarilganidan mamnun ekanliklarini va bu kabi tashabbuslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda davom etishlarini bildirishdi.

Uchrashuv yakunida UN DESA va UNU-EGOV bilan aloqalarni yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ham muhokama qilindi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр