Pensiya tayinlashda hisobga olinmagan ish stajlaringiz to‘g‘risida bilishni xoxlaysizmi?

19 may 2026

Unday bo‘lsa, Pensiya jamg‘armasi tashabbusi bilan my.gov.uz portalida yo‘lga qo‘yilgan xizmat orqali bu to‘g‘risida ma’lumotnomani onlayn olishingiz mumkin.

Shuningdek, ushbu xizmat orqali siz:

  • pensiyangizning aniq miqdori;
  • umumiy ish stajingiz qanchaligi;
  • aniqlangan o‘rtacha ish haqingiz va hisobga olingan miqdori;
  • pensiyangizning tayanch miqdori;
  • ortiqcha ish stajlaringiz uchun pensiyangizga qo‘shimcha to‘lov miqdori kabi ma’lumotlarni ham ko‘rishingiz mumkin.

Navbat kutmaysiz — barchasi bir necha soniyada amalga oshadi!

Xizmatdan foydalanish uchun havola: https://my.gov.uz/uz/service/1354

Ushbu xabarni pensioner yaqinlaringizga yuborib qo‘ying!

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр