Haftalikning ilk kuni tantanali ochilish marosimi bilan boshlanib, uning doirasida bir qator muhim tadbirlar bo'lib o'tdi. Jumladan, Yandex kompaniyasi tashabbusi bilan ilk bor jahon startap asoschilari va investorlarini jamlagan "Global Founders Meet in Tashkent" uchrashuvi o‘tkazildi.
Shuningdek, kun davomida IT Park Uzbekistan tomonidan "Shared services and offshore Outsourcing" sammiti, DataVolt kompaniyasining "O‘zbekistonning raqamli rivojlanishini tezlashtirish" nomli forumi hamda ZTE kabi yirik kompaniyalarning taqdimotlari ishtirokchilar e'tiboriga havola etildi.
Kunning eng muhim voqeasi sifatida Saudiya Arabistonining DataVolt kompaniyasi O‘zbekistonda umumiy qiymati 6,5 milliard dollargacha bo‘lgan sarmoya evaziga milliy ma’lumotlar markazlarini barpo etish rejasini e’lon qildi. Bu O'zbekistonning raqamli infratuzilmasi uchun tarixiy kelishuv bo'ldi.