Profilaktika inspektorlarining elektron davlat xizmatlaridan foydalanish ko‘nikmasi oshirilmoqda

Profilaktika inspektorlarining elektron davlat xizmatlaridan foydalanish ko‘nikmasi oshirilmoqda

05 aprel 2022

Joriy yilning 2-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi mutaxassislari tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda yig‘ilganlarga tizim imkoniyatlari va afzalliklari, yaratilgan qulayliklar tushuntirilish barobarida ayrim elektron davlat xizmatlaridan foydalanish amalda ko‘rsatib ham berildi.

Xususan, profilaktika inspektorlari tomonidan “mahallabay” ishlash doirasida fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan nafaqa tayinlash, ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olishga ariza berish, 16 va undan katta yoshdagi nogironlarni protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash talonini rasmiylashtirishda tibbiy xulosa olish kabi xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari tushuntirib berildi.

Davra suhbati yakunida profilaktika inspektorlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр