Qadrli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi fidoyilari!

Qadrli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi fidoyilari!

07 may 2025

Sizlarni bugungi kasb bayramingiz – 7-may Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etamiz! 

Bugungi kunda hayotimizning biror bir jabhasini axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilish qiyin. Sizlarning mashaqqatli va sharafli mehnatingiz tufayli yurtimizda raqamli texnologiyalar jadal rivojlanib, davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha, ta'lim va tibbiyot tizimlari takomillashib bormoqda. 

Ayniqsa, so'nggi yillarda mamlakatimizda "Raqamli O'zbekiston-2030" strategiyasini amalga oshirish, elektron hukumat tizimini rivojlantirish, dasturiy mahsulotlar va axborot xizmatlari eksportini yo'lga qo'yish borasida ulkan ishlar qilinmoqda. Bu yutuqlar zamirida, hech shubhasiz, siz azizlarning chuqur bilimingiz, tinimsiz izlanish va innovatsion g'oyalaringiz mujassamdir. 

Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog'lik, oilaviy baxt-saodat, ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz! 

Kasb bayramingiz yana bir bor muborak bo'lsin! 
 

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр