Qoraqalpoq davlat universitetida talabalar uchun elektron davlat xizmatlaridan foydalanish boʻyicha amaliy seminar-trening boʻlib oʻtdi. Bu safargi tadbir jonli va qiziqarli ruhda tashkil etilgani bilan ajralib turdi.
Tadbir davomida my.gov.uz portalining har bir boʻlimi, uning qulayliklari talabalarga amaliy misollar bilan koʻrsatib berildi. Ayniqsa, mobil ilovadagi "Raqamli hujjatlar" boʻlimi yoshlarda katta qiziqish uygʻotdi. Endi ular oʻz hujjatlarini har doim smartfonlarida olib yurishlari mumkin!
Seminar soʻngida talabalar bevosita mutaxassislar bilan muloqotga kirishib, o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va tajribalari bilan oʻrtoqlashishdi.
Yoshlarning raqamli savodxonligi yuqori boʻlsa, kelajak yanada yorqinlashadi!