Qozog‘istonda «Ijtimoiy hamyon» raqamli tizimi ishga tushirildi

Qozog‘istonda «Ijtimoiy hamyon» raqamli tizimi ishga tushirildi

06 sentyabr 2022

«Ijtimoiy hamyon» raqamli tizimini texnik ishga tushirish 5 sentyabr kuni amalga oshirildi, deya xabar berdi Qozog‘iston Savdo va integratsiya vazirligi matbuot xizmati.

Ijtimoiy hamyonni joriy etishning huquqiy asoslari tasdiqlandi va Nur-Sulton shahrida «ijtimoiy hamyon» pilot loyihasining texnik ishga tushirilishi amalga oshirildi, — deyiladi xabarda.

Vazirlikning ta’kidlashicha, ayni paytda tizim tug‘ilganlik va bola parvarishi bo‘yicha nafaqalar hamda manzilli ijtimoiy yordamni birinchi o‘tkazishga tayyorlanmoqda.

Qayd etilishicha, «Ijtimoiy hamyon» loyihasi ijtimoiy nafaqalar olish tartibini soddalashtirishga mo‘ljallangan muqobil raqamli to‘lov vositasi sifatida amalga oshirilmoqda.

Avvalroq Qozog‘iston hukumati respublikaning barcha aholisining davlatning turli raqamli tizimlaridan ma’lumotlarini to‘playdigan va fuqarolarning ijtimoiy farovonlik darajasini belgilovchi «Raqamli oila xaritasi»ning sinovdan o‘tkazilishini e’lon qilgan edi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр