Raqamlashtirish masalasida videoselektor o‘tkazildi

Raqamlashtirish masalasida videoselektor o‘tkazildi

09 avgust 2022

Bugun, 9-avgust kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari uchun videoselektor yig‘ilishi tashkil etildi.

Videoselektorga AKT vaziri Sherzod Shermatov raislik qilib, kun tartibiga qo‘yilgan asosiy masala – joriy yilning 29-iyulida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash ekanligini ta’kidladi.

Yig‘ilishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (my.gov.uz)gi murojaatlar va arizalarni ko‘rib chiqish hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomining idoralararo yagona elektron tizimiga ulanganlik holati, Prezident Virtual qabulxonasidagi (pm.gov.uz) murojaatlarni va Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimida (project.gov.uz) normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish holati ham o‘rganilib, muhokama qilindi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр