Joriy yilning 29-oktabr kuni Cyber Universityda raqamli davlat xizmatlaridan foydalanish bo'yicha talabalar uchun seminar trening tashkil etildi.
Seminar treningda Yagona portaldagi yangi xizmatlar hamda my.gov.uz mobil ilovasidgi "Raqamli hujjatlar", ulardan foydalanish hamda fuqarolarga davlat xizmatlarini ko'rsatishda mazkur hujjatlarning qabul qilinishi bo'yicha tushuntirish va ma'lumotlar berib o'tildi.
Tadbir yakunida talabalar Yagona portal hamda elektron davlat xizmatlaridan foydalanishda yuzaga kelgan savollarga soha mutaxassislaridan javob olishdi.