Raqamli dunyoda “Yashil makon”ga hissa!

Raqamli dunyoda “Yashil makon”ga hissa!

01 dekabr 2025

Yashil kelajakni barpo etishda texnologiyalar bilan birga tabiatga g‘amxo‘rlik qilish juda muhimdir.

Shuni anglagan holda, Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi jamoasi joriy yilgi kuz mavsumida ham "Yashil makon" umummilliy loyihasida faol ishtirok etishdi.

29-noyabr kuni erta tongdan Markaz xodimlari raqamli transformatsiya maydonidan biroz chekingan holda, Quyi Chirchiq tumanida ko’chat ekish va obodonlashtirish ishlarini boshlab yuborishdi.

Rahbarlardan tortib yosh mutaxassislargacha yerga ishlov berish, ko‘chat o‘tqazish ishlari bilan band bo‘lishdi. Ular ekilgan har bir nihol, kelajak avlod uchun toza havo va so‘lim muhitga qo‘yilgan kichik, ammo muhim sarmoya ekanligini his qilishdi.

Raqamli transformatsiya barcha sohalarda iz qoldirishi kerak. Bugun Markaz jamoasi “Yashil makon” yaratishga qaratilgan amaliy, foydali va samimiy harakati bilan tabiatga o’z izlarini qoldirdi, desak mubolag’a bo’lmaydi.

Chunki ular tomonidan ekilgan bu ko’chatlar yaqin yillar ichida tumanning havosini tozalab, ekologik holatni yaxshilashga oz bo’lsa-da xizmat qilishi shubhasiz.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр