O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi banneri
Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

28 avgust 2026

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik bayrami munosabati bilan Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida soha fidoyilarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbarining 2026-yil 22-avgustdagi tegishli Farmoniga muvofiq, mamlakatimizda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, davlat xizmatlari sifatini yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi uchun qulay va shaffof ekotizim yaratishga munosib hissa qo‘shgan Markazning bir guruh xodimlari «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni bilan mukofotlandilar.

Tantanali yig‘ilishda Markaz direktori Anvar Mansurov soha vakillarini qutlug‘ ayyom hamda yuksak e’tirof bilan qutladi. U o‘z nutqida so‘nggi yillarda raqamlashtirish yo‘nalishida erishilayotgan yutuqlar ortida har bir xodimning mas’uliyatli va fidoyi mehnati turganini alohida ta’kidlab, mukofotlarni o‘z egalariga topshirdi.

Tadbir yakunida taqdirlanganlar ko‘rsatilgan yuksak e’tibor uchun minnatdorlik bildirib, kelgusida ham sohani rivojlantirish hamda fuqarolar mushkulini oson qilish yo‘lida bor kuch-g‘ayratlarini safarbar etishlarini ta’kidladilar.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр