O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi banneri
Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida ISO standartlari bo‘yicha navbatdagi seminar o‘tkazildi

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida ISO standartlari bo‘yicha navbatdagi seminar o‘tkazildi

17 avgust 2026

Bugun, 17-avgust kuni Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida korrupsiyaga qarshi boshqaruv hamda sifat menejmenti tizimlariga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Tadbir “CERT International” xalqaro tashkiloti hamkorligida tashkil etildi.

Seminarda xalqaro auditor Alisher Alimov hamda xalqaro toifadagi konsultant Bekzod Yusupov Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi — ISO 37001 va Sifat menejmenti tizimi — ISO 9001 xalqaro standartlari bo‘yicha ma’ruzalar qildilar.

Zamonaviy boshqaruvda xizmatlar sifatini oshirish va korrupsiyaning oldini olish o‘zaro chambarchas bog‘liq. Buning uchun tashkilotdagi har bir ish jarayoni aniq, shaffof va nazorat qilinadigan bo‘lishi, ehtimoliy xavflar esa oldindan baholanishi lozim.

O‘quv seminari xodimlarning xalqaro standartlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ichki jarayonlarni takomillashtirish hamda rejalashtirilgan audit bosqichlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishga xizmat qiladi.

Bunday amaliy tadbirlar Markazda ish jarayonlari sifatini xalqaro talablar darajasiga olib chiqish va shaffof boshqaruv muhitini mustahkamlash borasida izchil davom ettiriladi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр