“Raqamli hukumat” markazi xalqaro ISO standarti bo‘yicha muvofiqlik sertifikatini qo‘lga kiritdi

“Raqamli hukumat” markazi xalqaro ISO standarti bo‘yicha muvofiqlik sertifikatini qo‘lga kiritdi

28 avgust 2023

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi o‘z faoliyati davomida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, xodimlarning halol va shaffof ish yuritishiga erishish borasida samarali tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. 

Ushbu maqsadli sa’y-harakatlar, tashkil etilgan tizimli o‘quv treninglar hamda o‘tkazilgan xalqaro audit tekshiruvlari natijasida Markaz faoliyati ijobiy baholanib, 2 ta xalqaro va 1 ta milliy sertifikatga munosib ko‘rildi. 

Joriy yilning 28-avgust kuni “CERT International” xalqaro auditorlik tashkiloti tomonidan Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markaziga ISO 9001:2015 hamda ISO 37001:2016 xalqaro standarti bo‘yicha muvofiqlik sertifikatlari taqdim etildi. 

Mazkur xalqaro sertifikatlarning qo‘lga kiritilishi, avvalo, tashkilotga, undagi biznes jarayonlarga hamda sohada faoliyat olib borayotgan xodimlarga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi. Hozirgi transformatsiya jarayonlarida esa xorijiy hamkorlarni yanada ko‘proq jalb etishga, shuningdek, Markazning qat’iy mexanizm asosida ishlashiga xizmat qiladi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр