Raqamli hukumat markazida Yangi yil arafasidagi e’tirof va rag‘bat

Raqamli hukumat markazida Yangi yil arafasidagi e’tirof va rag‘bat

30 dekabr 2025

O‘tgan yil sarhisobi nafaqat erishilgan natijalar, balki soha rivoji yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan xodimlarni e’tirof etish bilan ham ahamiyatlidir.

Kirib kelayotgan yangi — 2026-yil arafasida Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazining bir guruh xodimlari raqamlashtirish sohasiga qo‘shayotgan munosib hissasi, davlat xizmatlarini takomillashtirishdagi faolligi va kasbiy mahorati uchun rag‘batlantirildi.

"Raqamli islohotlar zamirida, avvalo, o‘z ishiga sodiq mutaxassislarning kuch-g‘ayrati yotadi. Bugungi e’tirof — bu umumiy muvaffaqiyatlarimizga qo‘shilgan hissaning kichik bir namunasidir."

Tadbirda ta’kidlanganidek, Markaz jamoasi yil davomida aholi uchun qulay va shaffof elektron tizimlarni yaratishda yuqori natijalar ko‘rsatdi. Xodimlarning malakasi va intilishi kelgusi yildagi ulkan maqsadlarga erishishda asosiy poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Bayram munosabati bilan barcha hamkasblarimizni qutlaymiz!

Yutuqlar bardavom, yangi yil esa yangi zafarlar yili bo‘lsin!

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр