Bugun, 23-iyul kuni Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida Janubiy Koreyaning nufuzli Cheongju universiteti vakillari bilan muhim uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda universitet vitse-prezidenti Yang Si Hong boshchiligidagi delegatsiya hamda Markaz xodimlari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ko‘rsatilayotgan ommabop raqamli xizmatlar, ulardan foydalanish tartibi, OneID tizimi va Raqamli hukumat ma'lumotlarni qayta ishlash markazi faoliyati tanishtirildi.
O‘zbekiston va Cheongju universiteti raqamli transformatsiyani jadallashtirish bo'yicha uchta asosiy hamkorlik yo'nalishini belgilab oldi:
Ushbu hamkorlik raqamli boshqaruvni mustahkamlash va davlat xizmatlarini yaxshilashga qaratilgan. Universitet vitse-prezidenti O'zbekistonning raqamlashtirish sohasidagi yutuqlarini yuqori baholadi.
Uchrashuv yakunida tomonlar axborot texnologiyalari sohasida uzoq muddatli, samarali va o'zaro manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadida qo'shma loyiha va tadbirlarni muhokama qildilar.