“Raqamli identifikatsiya va elektron xizmatlar” (video)

“Raqamli identifikatsiya va elektron xizmatlar” (video)

22 avgust 2022

Bugun, 22-avgust kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan Estoniyaning yetakchi IT ekspertlari ishtirokidagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining AKT ga mas’ul xodimlari hamda axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari uchun “Raqamli identifikatsiya va elektron xizmatlar” mavzusidagi o‘quv seminariga start berildi.

Tadbirni ochish uchun so‘zga chiqqan Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi direktori Aziz Muxitdinov elektron hukumatni rivojlantirishda bejizga Estoniya tajribasi tanlanmagani, u BMT reytingida dunyo bo‘yicha 3-o‘rinda turishi, mamlakatimizda “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish va raqamlashtirish sohasidagi boshqa islohotlarni qo‘llab-quvvatlashda Estoniya tajribasi bizga qo‘l kelishi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Seminar davomida ishtirokchilar Estoniyaning elektron identifikatsiyani boshqarish, raqamli identifikatsiyada biometriyadan foydalanish, elektron xizmatlarni yaratish tajribasi bilan ham tanishdilar.

Eslatib o‘tamiz, o‘quv seminari ertaga, 23-avgust kuni ham davom etadi.

O‘quv seminaridan videoreportajni tomosha qiling.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр