Raqamli xizmatlar imkoniyatlari kengaymoqda!

Raqamli xizmatlar imkoniyatlari kengaymoqda!

12 avgust 2025

Yurtimizning turli hududlarida fuqarolar va mutaxassislar uchun my.gov.uz portali imkoniyatlarini keng targ‘ib etish hamda kompyuter savodxonligini oshirishga qaratilgan seminarlar tashkil etilmoqda.

Boyovut tumanida tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli muassasa xodimlari uchun 3 ta guruhda o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlarida 350 nafarga yaqin tibbiyot xodimlari ishtirok etdi. Ularda raqamli xizmatlardan foydalanish afzalliklari va asosiy kompyuter ko‘nikmalari o‘rgatildi.

Nukus shahrida IT Park binosida tashkil etilgan seminar-treningda “Yagona darcha” interaktiv davlat xizmatlari portali qulayliklari va ulardan real vaqtda foydalanish jarayonlari amaliy tarzda ko‘rsatib berildi.

Bog‘ot tumanida Madaniyat uyida 300 nafardan ortiq ishtirokchi my.gov.uz orqali ommabop xizmatlardan foydalanish bo‘yicha bilimlarini oshirdilar.

Farg‘ona shahrida oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida ishtirokchi yoshlarning ota-onalari va yaqinlari uchun o‘tkazilgan seminarda 200 nafardan ortiq fuqarolarga my.gov.uz orqali xizmatlardan foydalanish jarayonlari amaliy misollar orqali tushuntirildi.

Bu kabi tadbirlar fuqarolarning raqamli ko‘nikmalarini kuchaytirib, davlat xizmatlaridan yanada tezkor va qulay tarzda foydalanish imkoniyatini yaratadi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр