
Respublikamiz boʻylab "my.gov.uz — davlat xizmatlari oson va qulay" loyihasi doirasida oʻquv seminarlari davom etmoqda!
Xorazm
Xorazm viloyatida "my.gov.uz — davlat xizmatlari oson va qulay" loyihasi doirasida mahalla yettiligi vakillarini elektron davlat xizmatlaridan foydalanish ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan o‘quv seminarlar tashkil etildi.
Samarqand
Oqdaryo, Kattaqo‘rg‘on, Paxtachi tuman hokimliklarida hokimlik xodimlari va hokim yordamchilarining elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi. Shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ko‘rsatilayotgan ommabop xizmatlardan foydalanish tartibi amaliy tarzda ko‘rsatib berildi.
Surxоndaryo
Oltinsoy va Termiz tumanlarida aholi vakillari hamda pedagog xodimlar elektron davlat xizmatlaridan foydalanish va my.gov.uz'da davlat xizmatlaridan foydalanish yuzasidan seminarlar tashkil etildi.
Andijon
Baliqchi, Ulug‘nor, Bo'ston tumanlarida taʼlim muassasalarining pedagog xodimlari my.gov.uz portalidan samarali foydalanishni oʻrganishdi.
Navoiy
Qiziltepa, Nurota tumanlari hamda Zarafshon shahrida mahalla yettiligi vakillari hamda jamoatchilik faollari "elektron davlat xizmatlaridan foydalanish boʻyicha maxsus seminar-treninglarida faol ishtirok etishdi.
Oʻzbekistonning turli hududlarida "my.gov.uz — davlat xizmatlari oson va qulay" loyihasi doirasida oʻquv seminarlari keng qamrovda oʻtkazib kelinmoqda. Bu kabi tadbirlar aholining barcha qatlamlari, jumladan, mahalla yettiligi vakillari, hokim yordamchilari, oʻqituvchilar, tibbiyot xodimlari va boshqa soha vakillarini qamrab olmoqda.
my.gov.uz portalidan foydalanishni oʻrganing va hayotingizni osonlashtiring!