O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi banneri
Samarqandda davlat xizmatlarining kelajagi muhokama qilinmoqda

Samarqandda davlat xizmatlarining kelajagi muhokama qilinmoqda

23 iyun 2025

Bugun BMT Davlat xizmati forumi doirasida “Davlat xizmatining keyingi avlodi: innovatsiyalar, texnologiyalar va fuqarolarga yo‘naltirilgan yechimlar” mavzusida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti (UN DESA) huzuridagi DPIDG bo‘limi, BMT Elektron hukumat bo‘yicha tadqiqot instituti (UNU-EGOV) hamda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi hamkorligida tashkil etildi.

Seminarda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

  • Sun’iy intellekt (AI), blokcheyn, katta ma’lumotlar (big data) va bulutli texnologiyalar orqali davlat xizmatlarini zamonaviylashtirish;
  • Fuqarolar ishtirokini kengaytirish va xizmatlar sifatini oshirish;
  • Inson markazidagi dizayn, ishtirokchi yondashuv va axloqiy mezonlarga asoslangan boshqaruv.

Ishtirokchilar ta’kidlashicha, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish faqat texnik yangilanish emas — bu, avvalo, fuqarolarning ehtiyojlarini markazga qo‘ygan butunlay yangi davlat xizmatlari modelini shakllantirishdir.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр