Sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish orqali tibbiyot xodimlari ish yuklamasi 30 foizgacha kamaytiriladi

Sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish orqali tibbiyot xodimlari ish yuklamasi 30 foizgacha kamaytiriladi

22 may 2025

“Respublikada sog‘liqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-88-son, 19.05.2025 y.) qabul qilindi. 

Aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishning yangi tizimini joriy etishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

  • xalqaro tajribaga asoslangan aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishning yangi modelini joriy qilish;
  • aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishda oilaviy shifokor ulushini 70 foizga yetkazish;

sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish hamda tibbiyotda qog‘ozbozlikni kamaytirish orqali tibbiyot xodimlari ish yuklamasini 30 foizgacha kamaytirish;

2025-yil 1-iyuldan mazkur Farmonda belgilangan tuman (shahar)larda, 2026-yil 1-yanvardan Samarqand viloyatining barcha tuman (shahar)larida tajriba-sinov tariqasida sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli joriy qilinadi.

Tajriba-sinov loyihasi doirasida tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari negizida tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limlari tashkil etiladi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр